Fransiya Falastinni rasman tan oldi

BMT Bosh assambleyasida 22-sentyabr kuni so‘zga chiqqan Emmanuel Makron Fransiya Falastin davlatini rasman tan olganini e’lon qildi.
«Mamlakatimning Yaqin Sharqdagi tarixiy majburiyatidan kelib chiqib, Isroil va falastinliklar o‘rtasidagi tinchlik uchun, Fransiya bugun Falastin davlatini tan oldi», — dedi Makron.
Eslatib o‘tamiz, 21-sentyabr kuni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Lyuksemburg va Portugaliya Falastin davlatini rasman tan olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter