Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya parlamenti bosh vazirni iste’foga chiqardi

Fransiya parlamenti bosh vazirni iste’foga chiqardi

Foto: AP Photo

France 24 xabariga ko‘ra, Fransiya parlamenti (Milliy assambleya) Bayru hukumatini iste’foga chiqarishni yoqlab ovoz berdi.

Shunga muvofiq, bugun, 9-sentyabr kuni ertalab mamlakat bosh vaziri Fransua Bayru iste’foga chiqadi.

364 nafar deputat hukumatga ishonchsizlik votumini qo‘llab-quvvatladi, 194 nafari esa qarshi ovoz bergan.

Bayru hukumati shu yilning 16-yanvarida ishonchsizlik votumi bo‘yicha parlamentdagi ovoz berishdan eson-omon o‘tib olgandi. O‘shanda uning boshchiligidagi hukumat iste’fosi uchun 577 nafar deputatdan faqat 131 nafari ovoz bergandi.

Bir oy avval Fransua Bayru o‘z videomurojaatida Fransiyaning iqtisodiy ahvoli juda og‘irlashganini va mamlakatning qarzi har soniyada 5 ming yevroga ko‘payayotganini aytgandiHaddan ziyod qarzdorlikni Fransiya iqtisodiyoti uchun asosiy tahdid deb hisoblagan bosh vazir xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirgandi.

Ma’lumot uchun: Fransua Bayru (1951-y.t.) 2024-yilning 13-dekabridan Fransiya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring