Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada supermarketni garovga olishda gumonlanayotgan ikki shaxs ushlandi

Fransiyada supermarketni garovga olishda gumonlanayotgan ikki shaxs ushlandi

Foto: ERIC CABANIS / AFP

Kecha, 23-mart kuni Fransiya janubidagi Od prefekturasida supermarketning garovga olingani haqida xabar bergan edik. «FranceInfo» radiosining ma’lumot berishicha, ushbu voqeaga aloqadorlikda gumon qilingan yana ikki shaxs hibsga olingan.

Ularning biri jinoyatchining 18 yoshli o‘rtog‘i juma kunning o‘zida hibsga olingan. Ikkinchisi esa uning 17 yoshli do‘sti. Ularga nisbatan terrorchilik harakatini sodir etish aybi qo‘yilmoqda.

Fransiyada sodir bo‘lgan mazkur hodisa oqibatida jami 4 kishi vafot etdi va 15 kishi jarohatlandi. Garovga olinganlardan biriga o‘zini almashishni so‘ragan politsiya xodimi ham olgan jarohati tufayli vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring