Fransiyalik afsonaviy aktyor vafot etdi

Bugun, 6 sentyabr kuni fransiyalik taniqli aktyor Jan Pol Belmondo 88 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda fransuz matbuoti xabar berdi.
Belmondo 1933 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1950 yilda kinoda paydo bo‘lgan. Unga "So‘nggi nafasimda" nomli filmdagi Xamfri Bogart roli omad keltirgan.
Afsonaviy aktyor keyinchalik bir qator muvaffaqiyatli kinolarda rollar o‘ynagan: «Professional», «Chochara», «Mahluq», «Ajoyib».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter