Furqat tumani IIB sobiq rahbari va o‘rinbosari qamaldi
Maktab direktori Gulira’no Qosimovaning tahqirlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha Furqat tuman IIB sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jayev va uning o‘rinbosari Jasur Rasulovga sud hukmi o‘qildi.
IIBning ikki sobiq mansabdoriga sud hukmi bilan 4 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sud hukmi bilan Furqat tuman IIB sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jayev va uning o‘rinbosari Jasur Rasulov aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan ularning har biriga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, ular 3 yilga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan ham mahrum qilingan. Tergov va sud davrida ochiqda bo‘lgan har ikki sobiq amaldor hukm e’lon qilingach, sud zalidan qamoqqa olinib, maxsus avtomobilda vaqtincha saqlash izolyatoriga olib ketilgan, deyiladi xabarda.
Akmal Xo‘jayev Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi 2-qismi “b” bandi, 142-moddasi, 206-moddasi 1-qismi, 230-2-moddasi 1-qismi va 234-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter