Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol bo‘yicha DXX kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi

Futbol bo‘yicha DXX kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi

17-avgust, yakshanba kuni Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalarining respublika bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalari:

Qayd etilishicha, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol hamda qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda o‘tkazilmoqda.

  • Birinchi bosqich – tuman/shaharlar kesimida aprel-may oylarida o‘tkazildi.
  • Ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi DXX kubogi musobaqalari respublika bo‘yicha 254 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Respublika bosqichi – 18-23 avgust kunlari «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida tashkil etilib, unda 42 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashadi. Final o‘yini esa 23 avgust kuni «Jar» stadionida o‘tkaziladi.  

Respublika bosqichida – o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun, respublika yoshlari o‘rtasida futbol hamda mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari 2021 yildan boshlab o‘tkazilib kelinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring