Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gematogenga qaysi hayvonning qoni qo‘shiladi?

Gematogenga qaysi hayvonning qoni qo‘shiladi?

Foto: «Rambler»

«Gematogen» grek tilidan tarjima qilinganda «qondan yaralgan» degan ma’noni anglatadi. «Rambler» to‘yimli batonchik tarkibiga qaysi jonivor qoni qo‘shilishini ma’lum qildi.

Gematogen 1890-yili Shveysariyada kashf etilgan bo‘lib, buqa qoni va tuxum sarig‘i qorishmasidan hosil qilingan. O‘sha vaqtlarda u «Gommel gematogeni» deb atalgan. Sobiq Ittifoq davrida bolalar, homilador va emizikli ayollarga qonda temir miqdorini oshirish hamda yarador askarlarga tezroq tiklanishi uchun berilgan. Muayyan vaqtgacha gematogen harbiylar taomnomasining majburiy tarkibiy qismi hisoblangan.

1920-yillarda Sobiq Ittifoq o‘zining gematogenini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ko‘pincha uni go‘sht fabrikalarida buqani so‘ygan zahoti tayyorlashib, faqat dorixonalarda sotishgan. Hozir ushbu to‘yimli batonchikni ishlab chiqarish bilan o‘nlab kompaniyalar shug‘ullanishadi. Ularni hatto oddiy oziq-ovqat do‘koni rastalarida ham topish mumkin.

Avvallari gematogen tarkibida albumindan tashqari quyultirilgan sut, qand, vanilin va glyukoza siropi ham bo‘lgan. Endi zamonaviy tadbirkorlar har xil ta’mli gematogenlarni ishlab chiqarishmoqda — yong‘oqli, quruq mevali, shokoladli va hokazo.

Albumin batonchikning bor-yo‘g‘i 5 foizini tashkil etimoqda. Hozirgi kunda shifokorlar gematogenga desert sifatida qarashni va kuniga ikkitadan ortiq yemaslikni maslahat berishmoqda. Baribir temir moddasi organizmga go‘sht kabi mahsulot yordamida kirgani ma’qul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring