Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari ona sutining ahamiyati haqida so‘zladi

BMT bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari ona sutining ahamiyati haqida so‘zladi

3 iyun kuni Toshkent Ekobog‘ida Xalqaro press-klubning maktabgacha ta’lim vazirligi va YuNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan sayyor sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda BMT bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumen, BMT bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’lim bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Dipa Sankar, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Lyubov Yevstafeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Mavluda Isxakovalar so‘zga chiqdi.

BMT bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumen bolalarni go‘daklik davrida to‘g‘ri ovqatlantirish ularning kelgusidagi hayotini belgilab berishini ta’kidladi. Shuningdek, bu davrda ularni ona suti bilan oziqlantirishning nechog‘lik muhim ekani haqida so‘zladi.

«Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar to‘laqonli rivojlanishlari uchun to‘g‘ri va o‘z vaqtida ovqatlanishlari zarur. Iloji boricha chaqaloqning ilk ozuqasi ko‘krak sutidan tashkil topishi lozim. Chunki u oddiy ozuqadan ancha muhimroq. Hisob kitoblarga qaraganda, ko‘krak suti bilan boqish ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi butun dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan 820 mingdan ortiq bolalar hayotini saqlab qolishi mumkin. Ko‘krak suti bilan oziqlantirish bolaning miyasi sog‘lom rivojlanishini ta’minlaydi. Chaqaloqni semirib ketishdan va ikkinchi turdagi diabet kabi surunkali kasalliklar hamda yurak hastaliklaridan himoya qiladi»,- dedi vakolatxona rahbari.

Sasha Graumenning ma’lumot berishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalar eng yaxshi himoya va ozuqaga ega bo‘lishlari uchun ularni ikki yoshga to‘lgunlaricha va undan keyin ham ko‘krak suti bilan boqishni davom ettirish lozimligini ta’kidlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring