Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» Farg‘onadagi avtosalon rahbarini ishdan oldi

«GM Uzbekistan» Farg‘onadagi avtosalon rahbarini ishdan oldi

Foto: «GM Uzbekistan»

Huquq-tartibot organlari tomonidan kelib tushgan tezkor ma’lumotlar asosida «GM Uzbekistan» AJ «Farg‘ona Avtosavdo» MChJ dilerlik markazida operativ tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv vaqtida bir qator kamchiliklar aniqlandi. O‘tkazilgan ishlar natijasida «Farg‘ona Avtosavdo» dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi yangi tayinlangan direktor vazifasini bajaruvchi Akbarov Botirjon Nabijonovich zimmasiga yuklatildi.

Avvalroq «Farg‘ona Avtosavdo» avtosaloni xodimi 73 nafar fuqaroning 9 milliard so‘mdan ortiq pullarini o‘zlashtirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«GM Uzbekistan» mijozlardan dilerlik markazlarida qonunga xilof holatlarning guvohi bo‘lsa yoki avtomobil uchun qo‘shimcha pul talab qilinsa, darhol 71 141 77 77 raqamlari orqali «GM Uzbekistan» aloqa markaziga yoki Bosh Prokuraturaning 10-07 ishonch raqamlariga murojaat qilishini so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring