Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» Namanganda qoidabuzarliklarni aniqladi

«GM Uzbekistan» Namanganda qoidabuzarliklarni aniqladi

Foto: «GM Uzbekistan»

«Namangan Avtotexxizmat» MChJ dilerlik korxonasida avtomobil savdosi bo‘yicha ko‘chma tekshiruv amalga oshirildi. Mazkur tekshiruv chog‘ida dilerlik korxonasi tomonidan mijozlar bilan ishlashda qo‘pol qoidabuzarlik va xatolarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi, deb xabar berdi «GM Uzbekistan» AJ matbuot xizmati.

Xususan, avtomobillar savdosidagi tizimli ishlarni tashkil etish, o‘tkazilayotgan aksiyalarni shartlariga qat’iy rioya qilish, mijozlarga o‘z vaqtida tegishli ravishda ma’lumotlar taqdim etib borish, mijozlar uchun qulay sharoitlar mavjud emasligi, xodimlarning ishlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish holatlari mavjudligi, shuningdek call-markaz ishida ham doimiy uzilishlar aniqlangan.

Bundan tashqari avtosalon omborxonalarida sotib bo‘lingan avtomobillarning mavjudligi, shuningdek, mijozlar ishtirokisiz imzolangan bir qator shartnomalar mavjudligi aniqlandi.

Tekshiruv natijasida ushbu korxonaning boshqaruv raisi ishdan olindi, uning o‘rniga Zoxid Kamolov tayinlandi.

Zoxid Kamolov bunga qadar Rossiyaning «Armada» xolding kompaniyasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Tekshiruvlar davomida aniqlangan barcha hujjatlar ekspertiza uchun Namangan viloyati huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring