Gulnora Karimova o‘zbek xalqidan kechirim so‘radi
Toshkentda jazo muddatini o‘tayotgan Gulnora Karimova so‘nggi 6 yilda ilk marta o‘zbek xalqiga murojaat qilgan. Murojaat matnini uning qizi Imon Karimova Instagram sahifasida e’lon qilgan.
Murojaatda Gulnora Karimova xalqdan uzr so‘ragan va O‘zbekistonga 1,2 mlrd dollarni qaytarganini ma’lum qilgan.
«Bu mening so‘nggi olti yildagi ilk murojaatim. Mening bugungi ahvolimga achinayotgan va men uchun duo qilayotgan barchaga tashakkur bildiraman.
Men xalqdan va men duch kelgan muammoni hurmat qilgan va hurmat qilayotgan barchadan uzr so‘rayman»,-deyiladi murojaatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter