Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta o‘rtasida ob-havo keskin o‘zgaradi

Hafta o‘rtasida ob-havo keskin o‘zgaradi

Foto: «Xabar.uz»

Hafta davomida respublika hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Ertadan boshlab respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 16 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi kutilmoqda.

Harorat foni:

  • ertaga kechasi 18-20 darajani, kunduzi 31-33 darajani tashkil etadi;
  • chorshanba kuni kechasi 13-18 daraja bo‘ladi, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi;
  • payshanba kuni kechasi 10-15 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-25 darajagacha biroz ko‘tariladi;
  • juma kuni kechasi 12-17 darajani tashkil etadi, kunduzi 25-30 darajagacha yana biroz ko‘tariladi.

15-16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 17-19 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) 17-19 may kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Poytaxtimizda  bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi, chorshanba va payshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol yo‘nalishi birozdan o‘rtachagacha o‘zgarib turadi, chorshanba kuni 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat :

  • bugun kunduzi 33-35 darajani;
  • ertaga kechasi 18-20 darajani, kunduzi 29-31 darajani tashkil etadi;
  • chorshanba kuni kechasi 16-18 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-22 darajagacha pasayadi;
  • payshanba kuni kechasi 12-14 darajagacha pasayadi, kunduzi 23-25 darajagacha biroz ko‘tariladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring