Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haj ziyoratini ado etgan ilk hojilar Toshkentga keldilar

Haj ziyoratini ado etgan ilk hojilar Toshkentga keldilar

Foto: Uzbekistan Airports.

​Haj ziyoratini ado etgan ilk yurtdoshlarimiz Toshkentga qaytishdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. 

Bortida 245 nafar ziyoratchi bo‘lgan HY-5304 reysi bilan Jiddadan kelgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyoti 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. 

Kelgan ziyoratchilarni poytaxt aeroportining uchib kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Viloyatlardan kelgan ziyoratchilarni zal oldida maxsus avtobuslar kutib oldi. 

12-30-iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys rejalashtirilgan bo‘lib, ularda 15 150 nafar ziyoratchilar Haj safaridan qaytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring