Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston davlat shifoxonalari yoppasiga ish tashladi

Hindiston davlat shifoxonalari yoppasiga ish tashladi

Foto: Ritesh Shukla / Getty Images

Hindistondagi barcha davlat shifoxonalari 2024-yil 17-avgustidan, shoshilinch yordam ko‘rsatiladiganlardan tashqari, bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi.

CBS News yozishicha, sharqiy Kalkuttadagi RG Kar tibbiyot kolleji va shifoxonasida ishlovchi 31 yoshli stajyor ayolning nomusi toptalib, shafqatsizlarcha o‘ldirilganidan so‘ng, hamkasblari xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilib, tegishli huquqiy me’yorlar zudlik bilan qabul qilinishini talab etishmoqda.

Hukumat bu talablarni bajarish uchun komissiya tuzilishiga va’da berib, ularni ishga qaytishga chaqirdi, biroq va’daga ishonmagan shifokorlar ish tashlashda davom etishmoqda.

Kalkuttada boshlangan ish tashlash tezda boshqa shaharlar va shtatlar, poytaxt Dehligacha tarqalib, umumilliy aksiyaga aylandi.

Hatto G‘arbiy Bengaliya shtatining azaliy raqib sanalgan ikki futbol klubi ham o‘zaro adovatni yig‘ishtirib, shifokorlarning talabini bajarishni so‘rab, namoyishchilarga qo‘shilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring