Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 15 oy chodirda yashirinib yurgan oila qutqarildi

Hindistonda 15 oy chodirda yashirinib yurgan oila qutqarildi

Foto: «Mirtesen.ru»

Hindistonning Andxra-Pradesh shtati politsiyasi COVID-19 yuqishidan qo‘rqib, bir yildan ko‘proq vaqt davomida ikki farzandi bilan chodirda yashirinib yurgan oilani qutqardi, deb xabar berdi ANI agentligi.

«Bu yerda Chuttugalla Benni oilasi, uning rafiqasi va ikki farzandi istiqomat qiladi. Ular koronavirusdan qo‘rqishgan, shu bois 15 oy uyda qamalib o‘tirishgan», — dedi oila topilgan Kadali qishlog‘i oqsoqoli Choppala Gurunatx.

Ko‘ngilli uyga yashirinib olgan ayol va uning 30 yoshli qiziga yer uchastkasini olganligini xabar berish uchun kelgan. Shundan so‘ng hukumat hammasidan xabardor bo‘lgan. Ayollar eshikni ochishdan bosh tortishgan, ko‘chaga chiqsak, o‘lib qolamiz deb o‘ylashgan. Oilaning qarindoshlari hukumatga ularning ahvoli yomonligini ma’lum qilgan.

«Ko‘ngilli bizni vaziyatdan xabardor qilgan zahoti u yerga shoshildik. Oila kichkina chodirda yashardi, ular hatto hojatini ham shu kichkina chodirda chiqarishgan. Biz mahalliy aholi va politsiya yordamida oilani shifoxonaga olib bordik. Hozir ular muolaja olishmoqda», — dedi Gurunatx.

Qishloq oqsoloqining so‘zlariga ko‘ra, ayollarning ahvoli «achinarli» bo‘lgan; ular uzoq vaqt davomida yuvinishmagan, sochlarini ham olishmagan. Gurunatxning fikricha, hukumat ikki-uch kun kechikkanda, ayollar vafot etishi mumkin edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring