Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda ayanchli antirekord kuzatildi

Hindistonda ayanchli antirekord kuzatildi

Hindistonda o‘tgan sutkada 3689 kishi koronavirusdan vafot etdi, bu pandemiya boshlanganidan beri rekord ko‘rsatkich.

Bu haqda TASS agentiligi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib yozmoqda.

Oldingi antirekord 29-aprelda qayd etilgan — 3645 o‘lim. So‘nggi 24 soat ichida 392 488 ta yuqtirish holatlari aniqlandi, jami — 19 557 457 kishi. Bir kun oldin 401 993 ta holat tasdiqlandi, bu so‘nggi bir necha kun ichida sakkizinchi jahon rekordidir.

Kun davomida 307 865 bemor ham tuzaldi, tuzalib ketganlar soni 15 992 271 ga yetdi. 3 349 644 kishi davolanishda davom etmoqda, bu avvalgi kundan 80 934 kishiga ko‘pdir.

Avvalroq, Hindistonda pandemiya eng yomon bosqichga kirgani xabar byerilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring