Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hizbulloh» lideri Falastin borasida katta bayonot berishi kutilmoqda

«Hizbulloh» lideri Falastin borasida katta bayonot berishi kutilmoqda

Livandagi «Hizbulloh» harbiy guruhi rahbari Hasan Nasrulloh Livandagi va butun dunyo bo‘ylab o‘z tarafdorlariga murojaat qilmoqda. 

Ushbu murojaat G‘azo sektorida kechayotgan qonli mojaroga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. 

Livan-Isroil chegarasida «Hizbulloh» jangarilari va isroillik harbiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar juda shiddatli deb baholanmoqda va Isroil shimoliy chegaralarida qo‘shimcha kuchlarni jamlagan. Ammo bugungi kungacha harbiy guruh Isroilga qarshi urushga rasman kirgan deb hisoblanmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Hizbulloh» Livandagi harbiylashgan siyosiy partiya bo‘lib, Eron tomonidan moliyalashtiriladi va dastaklanadi. Ushbu guruh Suriyadagi urushda prezident Bashar Asad tomonidan ham jang qilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring