Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim yordamchisi va «Toshkent metropoliteni» xodimi ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi

Hokim yordamchisi va «Toshkent metropoliteni» xodimi ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi

2022-yil 16-noyabr kuni «Toshkent metropoliteni» DUKning «Rejim va ichki xavfsizlik» xizmati hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan 5000 AQSh dollardan 5 000 000 so‘m pulni «X.J.» dan olayotganida uyushgan jinoyat guruh a’zolari «X.G.» («Toshkent metropoliteni» DUK xodimi), «A.R.» (hokim yordamchisi) ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Tadbir davom ettirilib, ularning sheriklari «Z.A.» (vaqtincha ishsiz) va «A.B.» lar (vaqtincha ishsiz) ham qo‘lga olindi.

Aybdorlarga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring