Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik vakili qo‘lga tushdi

Hokimlik vakili qo‘lga tushdi

Quvasoy shahrida hokimlik balansidan uy olib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quvasoy shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shahar hokimligi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash bo‘limi boshlig‘i A.A. fuqarolar F.A. va Sh.I.ga 8 500 AQSh dollari evaziga hokimlik balansidagi uylardan biriga egalik qilish huquqini beruvchi order rasmiylashtirish hamda ushbu xonadonni keyinchalik xususiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 3 800 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring