Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hoziroq tashlang, keyin kech bo‘lishi mumkin

Hoziroq tashlang, keyin kech bo‘lishi mumkin

Foto: Adobe Stock

Tamaki chekishni, keyinchalik salomatlik uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun, 35 yoshgacha tashlagan ma’qul. Amerikalik olimlarning xulosalari jamlangan ilmiy tadqiqot Jama Network Open jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqotchilar Salomatlikni tekshirish milliy so‘rovnomasi (US National Health Interview Survey) hamda O‘lim milliy indeksi ma’lumotlaridan foydalanishdi.

So‘rovnoma 1997–2018-yillarni qamrab olgan: 25–84 yosh oralig‘idagi 550 ming nafar amerikalikning ma’lumotlari o‘rganilgan. Qatnashchilar: chekuvchilar, chekishni tashlaganlar hamda umri davomida 100 donagacha sigareta chekkanlar.

So‘rovnomada qatnashganlarning 75 ming nafari 2019-yilgacha bo‘lgan davrda vafot etgan. Sabablar turlicha, biroq o‘lim darajasi chekmaydiganlarga qaraganda chekuvchilar orasida ancha yuqori — saraton, yurak-qon tomir va o‘pka xastaliklari bunga sabab bo‘lgan.

45 yoshigacha chekishni tashlaganlarda o‘lim ehtimoli 90 foizgacha pasaygan, 35 yoshgacha chekishni tashlaganlarda esa bu ko‘rsatkich chekmaydiganlarniki bilan deyarli bir xil.

«Yoshlikda chekishni tashlash chekish bilan bog‘liq o‘lim holatlari kelib chiqishi ehtimolini ancha pasaytiradi», — deyiladi AQShdagi bir nechta tibbiyot tashkilotlari muallifligidagi tadqiqot xulosasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring