Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei 2020-yil uchun hisobotini e’lon qildi

Huawei 2020-yil uchun hisobotini e’lon qildi

Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi 2020-yil sarhisoblarini e’lon qilib, o‘tgan yil uchun bashorat qilingan natijalarga erishganini bildirdi. Kompaniyaning butunjahon savdo ko‘rsatkichi 891,4 mlrd. yuan (136,7 mlrd. AQSh dollari) miqdorida bo‘lib, bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,8 foiz ko‘p demakdir, sof foyda esa 64,6 mlrd. yuanni tashkil qildi – o‘tgan yilga nisbatan 3,2 foizga ko‘p.

2019 va 2020-yillarda, AQSh sanksiyalari qo‘llanilishidan kelib chiqadigan operatsion faoliyat qiyinchiliklariga qaramay, Huawei yana bir bor KPMG auditorlik kompaniyasini taklif qilib, moliyaviy hisobotini mustaqil va xolis tekshirishni so‘radi. KPMG hujjati – standart o‘zgartirilmagan auditorlik xulosasi deganidir. Har qanday vaziyatdan qat’i nazar, biz hukumatlarga, mijozlarga, buyurtmachilarga, xodimlarga va hamkorlarga o‘z faoliyatimiz ko‘rsatkichlarini oshkor etishda davom etamiz.

2020-yilda Huawei kompaniyasining aloqa operatorlariga yo‘naltirilgan biznesi COVID-19 pandemiyasi sharoitida 170 tadan ortiq mamlakat va mintaqada 1500 tadan ziyod tarmoqlarning soz ishlashini ta’minlab, dunyo bo‘ylab telekommunikatsiya tarmoqlari, onlayn ta’lim va onlayn xarid tizimlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatladi. Mobil operatorlar bilan hamkorlikda kompaniya har jihatdan mukammal aloqa taassurotini taqdim etishga ko‘maklashdi. Ko‘plab tashqi muassasalar jahonning yirik shaharlarida o‘tkazgan 5G tarmog‘idan foydalanishga oid sinovlarga ko‘ra, Huawei yo‘lga qo‘ygan 5G texnologiyalari operator tarmoqlarida foydalanish qulayligi bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kompaniya ko‘mir qazib olish, po‘lat ishlab chiqarish, bandargohlar va mahsulot ishlab chiqarish singari 20 dan ortiq sanoat yo‘nalishlaridagi 5G tarmog‘iga doir 3000 dan ortiq innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘lida ko‘plab mobil operatorlar bilan ham ishladi.

O‘tgan yilda Huawei kompaniyasining korporativ biznesi ssenariylari asosidagi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish hamda «barchaniki, barchadan va barcha uchun» shiori ostidagi raqamli ekotizimni yaratish yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Pandemiya davrida Huawei virusga qarshi kurashda o‘z unumdorligini isbotlagan texnik tajriba va yechimlarni taqdim qildi. Shulardan biri sun’iy intellekt ko‘magida ishlaydigan HUAWEI CLOUD asosidagi diagnostika yechimi bo‘lib, u jahondagi shifoxonalarga tibbiy infratuzilmaga tushadigan yuklamalarni kamaytirishga yordam berdi. Bundan tashqari, Huawei boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim oladigan 50 milliondan ortiq o‘quvchilar uchun bulut texnologiyalarida ishlaydigan o‘quv platformalarini ishga tushirish maqsadida hamkorlar bilan ish olib bordi.

Harmony OC operatsion tizimi va Huawei Mobile Services (HMS) ekotizimining ishga tushirilishi natijasida Huawei kompaniyasining iste’molchilarga yo‘naltirilgan biznesi «Seamless AI Life» strategiyasi («1+8+N») bilan jadal ravishda ilgarilab, aqlli ofis, fitnes va salomatlik, aqlli uy, oson sayohat va ko‘ngil ochish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratgan holda, iste’molchilarga barcha qurilmalar va ssenariylar bo‘ylab intellektual taassurotni taqdim etishga intildi.

«O‘tgan yili biz sinovlarga matonat bilan dosh bera oldik», — dedi Huawei kompaniyasining almashinuvchi raisi Ken Xu. — «Biz o‘z mijozlarimiz uchun salmoqli qiymat yaratish, pandemiyaga qarshi kurashish, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab iqtisodiyotni tiklash va ijtimoiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsiyalar yaratishda davom etdik. Shu bilan birga, biz mazkur vaziyatdan faoliyatimizni takomillashtirish uchun foydalandik, bu esa o‘z navbatida bashoratlarga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatkichlarga erishishga turtki berdi. Ayni paytda murakkab biznes muhitga qaramasdan, biz, birorta davlat yoki mintaqaga bog‘lanib qolmagan, aksincha buning o‘rniga mahsulotlarni uzluksiz yetkazish uchun xalqaro resurslarni jalb etuvchi globallashgan va diversifikatsiyalangan savdo zanjiriga qat’iy amal qilishimizni yana qayta isbotladik.

Biz mijozlarimiz bilan yaqindan ishlashda davom etib, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishni qo‘llab quvvatlaymiz».

2020-yil uchun tuzilgan yillik hisobotdagi barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar katta to‘rtlikka kiruvchi xalqaro auditorlik kompaniyasi — KPMG tomonidan tekshirilgan. 2020-yil hisobotini mana bu havoladan yuklab oling:

https://www.huawei.com/en/annual-report/2020

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring