Huawei kompaniyasi yillik amaliyot dasturi oldidan ta’lim roud-shousini boshladi

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonning AKT yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy o‘quv yurtlarida «Annual Internship Program Roadshow» ta’lim roud-shousini o‘tkazmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi kompaniyaning O‘zbekistondagi AKT infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli transformatsiya sohasidagi faoliyatini namoyish etish, shuningdek, departament direktorlari tomonidan o‘z martaba yo‘llaridagi tajriba va o‘sish hikoyalari bilan o‘rtoqlashish, va o‘tgan yili universitetni tamomlab, kompaniyaga qo‘shilgan yosh xodimlarning ishga kirish jarayoni va tajribalari bilan tanishtirishdan iborat.
Haftalik davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti, Toshkent shahridagi Amity universiteti va Turin politexnika universiteti bitiruvchilari 2025 yilning 28 fevraliga qadar kompaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari va uning afzalliklari haqida to‘liq ma’lumot olishlari mumkin. Ariza topshirish jarayonida talabalar amaliyot davomida o‘zlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, raqamli transformatsiya va AKT sohasidagi real tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Shuningdek, O‘zbekistonning 15 ta mahalliy Oliy o‘quv yurtlarida amal qilayotgan Huawei AKT Akademiyasining asosidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish bo‘yicha chuqurlashtirilgan kurslarni o‘tash imkoniyatlari bilan tanishadilar.
2025 yil 14 fevralda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan mahorat darsi ham roud-shouning bir qismiga aylandi.
Ma’ruzalarning asosiy mavzulari 5G tendensiyalari va sun’iy intellektning rivojlanishi bo‘ldi. Kompaniya mutaxassislari mobil texnologiyalar rivojlanishi tarixi, raqamli iqtisodiyot va sanoatni takomillashtirish uchun beshinchi avlod tarmoqlarini joriy etishning afzalliklari bilan o‘rtoqlashdilar, sun’iy intellektni rivojlantirish asoslari va bosqichlari, sun’iy modellari, sun’iy intellektga o‘qitish, kompyuterning ko‘rish qobiliyati va jamiyatga foyda keltirish maqsadida sun’iy intellektni qo‘llash sohalari haqida suhbatlashdilar. Sun’iy intellekt mavzusi tadbir ishtirokchilari o‘rtasida qiziqarli munozaralarga sabab bo‘ldi va yosh avlodning AKT mutaxassislari bilan muloqot qilish imkoniyatlarini yaratish va yoshlarning ilg‘or texnologiyalarni yaxshiroq tushunishi uchun bunday tadbirlarni o‘tkazish muhimligini ko‘rsatdi.
Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 25 yil davomida faoliyat yuritib kelmoqda va doimiy ravishda mahalliy Oliy o‘quv yurtlari va AKT yo‘nalishlariga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini olib bormoqda. Har yili bitiruv kurslari talabalari kompaniyaning O‘zbekistondagi ofisida uch oylik amaliyotdan o‘tishlari, shuningdek, «ICT Academy» va «Seeds for the Future» global ta’lim tashabbuslari doirasidagi musobaqalar va tanlovlarda ishtirok etib jahon sahnasida o‘zlarini ko‘rsatishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter