Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Husiylar Saudiya Arabistoniga qarshi dengiz blokadasi e’lon qildi

Husiylar Saudiya Arabistoniga qarshi dengiz blokadasi e’lon qildi

Foto: Ekspert

Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoniga qarshi dengiz blokadasi e’lon qildi. Bu haqda Al-Masirah telekanali husiylar harakatining harbiy vakili Yahyo Sariyaga asoslanib xabar berdi.

Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, blokada "qamaldan keyin qamal" formulasi yordamida amalga oshirilmoqda. Harakat Ar-Riyodning harakatlariga javoban "keng qamrovli eskalatsiya" huquqini o‘zida saqlab qoladi. "Yaman qurolli kuchlari barcha ssenariylarga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi va har qanday ehtiyotsiz harakat keng qamrovli va qattiq eskalatsiyaga sabab bo‘lishini e’lon qiladi", deyiladi bayonotda.

Husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar 13-iyul kuni husiylar nazoratidagi Yaman poytaxti Sano aeroportiga qilingan hujumdan keyin yomonlashdi. Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati kuchlari yuqori lavozimli husiy jangarilarini olib ketayotgan Eron samolyotining qo‘nishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uchish-qo‘nish yo‘lagiga bostirib kirishdi. Keyinchalik husiylar Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbiy qismidagi tinch aholi punkti Abha aeroportiga javoyu hujumi uyushtirilgani haqida xabar berdi.

16-iyul kuni husiylar yetakchisi Abdul Malik al-Hutiy Saudiya Arabistonini o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun AQSh, Isroil va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilishda aybladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring