Ibrohim Ergashev Investitsiya vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi
Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziriga o‘rinbosar tayinlandi.
Prezidentning qarori bilan Ergashev Ibrohim Kenjabayevich O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori (2021-yildan) lavozimida ishlab kelgan.
Ibrohim Ergashev avval «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmui boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 2014—2016-yillarda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter