Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlar o‘g‘irlagan surat Argentinada topildi

Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlar o‘g‘irlagan surat Argentinada topildi

Foto: Meduza

Ikkinchi jahon urushi paytida Germaniya natsistlari tomonidan o‘g‘irlangan va yo‘qolgan deb hisoblangan rokoko davriga mansub surat Argentinada topildi.

Italiyalik rassom Vittore Gislandining «Xonim portreti» asari so‘nggi 80 yil davomida yo‘qolgan deb hisoblangan. Surat niderlandiyalik jurnalistlar hamda amsterdamlik yahudiy art-diler Jak Gudstikkerning merosxo‘rlari tomonidan qidirilayotgan edi, asar urushdan oldin unga tegishli bo‘lgan.

Shu yil avgust oyi oxirida Niderlandiyaning Algemeen Dagblad nashri jurnalistlari Mardel-Plata (Argentina) shahrida yashovchi Patrisiya Kadginning uyidan olingan fotosuratlar orasida «Xonim portreti»ni topishdi. Kadgin Argentinaga qochib ketgan sobiq eseschi Genrix Teringning yordamchisi Fridrix Kadginning qizi. Fridrix Kadgin 1979-yilda vafot etgan va uyini qiziga meros qilib qoldirgan.

3-sentyabr kuni Argentina prokuraturasi «Xonim portreti» musodara qilinganini ma’lum qildi. Patrisiya Kadgin va uning turmush o‘rtog‘i suratni o‘z vakili orqali prokuraturaga topshirgan. Shu bilan birga, ularning o‘zlari 72 soatga uy qamog‘iga olingan va suratni qidirish bo‘yicha tergovga to‘sqinlik qilganlikda ayblanib, so‘roq qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring