Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkinchi jahon urushidan qolgan samolyot yerga quladi (video)

Ikkinchi jahon urushidan qolgan samolyot yerga quladi (video)

Foto: «haber7.com»

AQShning Texas shtatiga qarashli Byurnet shaharchasida Ikkinchi jahon urushidan qolgan «Douglas C-47» rusumli samolyot parvozga shaylanayotib qulagan. Bu haqda «Haber7.com» sayti xabar qilmoqda.

Havo kemasida uchuvchi bilan bargalikda yana 13 kishi ham bo‘lgan.

Qulagan samolyot olov olgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Samolyot bortidagi kishilar yaralangan. Ular darhol shifoxonaga olib borilgan.

«Bluebonnet Belle» samolyotini qulashini bir kishi qo‘l telefoni orqali tasvirga olgan.

Viskonsin shtatiga qarashli Oyetkosh shaharchasiga parvoz qilayotgan samolyot chap qanotidagi nosozliklar tufayli yo‘nalishini o‘zgartirgan. Qisqa vaqtda chap qanoti bilan yerga urilgan.

Samolyotdagi 13 kishi parashyutdan sakrash uchun Oyetkosh shaharchasiga ketayotgan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring