Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Imom al-Buxoriyda halol standartidagi 4 yulduzli mehmonxona quriladi

Imom al-Buxoriyda halol standartidagi 4 yulduzli mehmonxona quriladi

Foto: «Zarnews»

Joriy yilning 3-avgust kuni AQShning «GMFR-AL-BUKHARIY» kompaniyasi prezidenti Dilovar G‘ulom Imom Al-Buxoriy majmua hududida 4 yulduzli mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida qatnashdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga tayanib «Zarnews» xabar berdi.

Mehmonxona 3 qavatli, 100 o‘rinli xonadan iborat bo‘ladi. U xalqaro halol standarti asosida quriladi.

Bundan tashqari, mehmonxonada restoran, bar  va konferensiya zali bo‘ladi.

Foto: «Zarnews»

Tamal toshini qo‘yish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari B.Nurullayev va Payariq tumani hokimi D.Musinov ham ishtirok etishdi.

«GMFR-AL-BUKHARIY» kompaniyasi prezidenti Dilovar G‘ulom uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, uning ota-bobolari aynan shu zaminda yashaganligi sababli, u bu yerda mehmonxona qurishdan juda baxtiyorligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring