Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyada zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Indoneziyada zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Foto:«ABC News»

Indoneziya g‘arbidagi Lombok orolida sodir bo‘lgan 7 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib boryapti, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Tabiiy ofat qurbonlari soni bugun 131 kishiga yetdi.

Milliy ofat boshqaruvi agentligi (BNPB) matbuot kotibi Sutopo Purvo Nugroho matbuot anjumanida zilzila qurbonlari soni 131 kishiga yetganini, 477 kishi yaralanganini, 156 mingdan ziyod kishi esa xavfsiz hududlarga ko‘chirilganini ma’lum qilgan.

Yer silkinishi tufayli 43 mingga yaqin bino talafot ko‘rgan.

Dastlab sunami xavfi e’lon qilingan edi. Biroq keyinchalik bu xavf bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring