Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instabloger qamoqdan chiqqach doimiy ishga joylashtiriladi» — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

«Instabloger qamoqdan chiqqach doimiy ishga joylashtiriladi» — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Toshkentda instabloger axloqsiz foto va videolar tarqatgani uchun 5 sutkaga qamalgani xabar qilingandi.

Ushbu qiz sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tab chiqqach, kasb-hunarga o‘qitilib, doimiy ishga joylashtiriladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Toshkenit shahar hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova ma’lum qildi.

«Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining axloqsiz qiliqlari, behayo rasmlari va videolari bilan fuqarolarning muhokamasiga sabab bo‘lgan 20 yoshli fuqaro S.S ni (2001yilda tug‘ilgan) topib, o‘zi bilan gaplashildi. Sud jarayonida qilgan ishlari noto‘g‘riligi, o‘zi afsusda ekanligini inobatga olib, unga nisbatan 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Qamoq jazosidan so‘ng fuqaro S.S to‘liq nazoratga olinib, kasb-hunarga o‘qitilishi va doimiy ishga joylashtirishi belgilandi. Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan fuqaro bilan doimiy ish olib borib, psixologlar yordamida korreksion ishlar o‘tkazilishi belgilab olindi», dedi Nodira Umarova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring