Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet tezligi oshmoqda, ammo reytingda tobora pastlayapmiz

Internet tezligi oshmoqda, ammo reytingda tobora pastlayapmiz

Foto: «mediasat.info»

«Cable.co.uk» konsalting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi 2017 yildagi 0.76 Mbit/s.dan 1.02 Mbit/s.ga oshgan. Ammo shunga qaramay, O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha davlatlar reytingida olti pog‘onaga tushib, 200ta davlat orasidan 184-o‘rinni egallamoqda.

Skrinshot: «Cable.co.uk»

Agentlik tezlikni aniqlashda 200ta davlatdagi 163 million ulanishlarni tadqiq etadi va 5 Gb.li HD-videoning o‘rtacha yuklanish tezligini ko‘rsatadi. Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda HD-videoning yuklanishi 11 soat 6 daqiqa vaqtni oladi.

Reytingda birinchi o‘rinni egallagan Singapurda internet tezligi 69.39 Mbit/s.ni tashkil etib, foydalanuvchilar bunday faylni 11 daqiqa 18 soniyada yuklab oladilar.

O‘rta Osiyodagi qo‘shni mamlakatlarimizdan Qozog‘iston 95-o‘rin (4,45), Qirg‘iziston 163-o‘rin (1,52), Tojikiston 188-o‘rin (0,94), Turkmaniston 198-o‘rinlarni (0,56) egallashgan.

Reytingdan eng oxirgi - 200-o‘rinni Yaman davlati egallamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring