Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirildi

Internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirildi

Bugun, 9-yanvar kuni AOKAda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2020-yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021-yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov davlatimiz rahbari tomonidan «AyTi» tadbirkorlik va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

«Har bir hududda Raqamli texnologiyalari o‘quv markazlari tashkil etish orqali aholini, ayniqsa yoshlarimizni dasturlash sirlari, veb-saytlar va mobil ilovalar yaratish bo‘yicha bilimlarni oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Shu maqsadda o‘tgan yili IT Parkning 5 ta filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi (Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand), ularda 400 dan ziyod korxona faoliyat boshladi.

Qisqa vaqt mobaynida ular tomonidan 900 dan ziyod dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqildi.

5 ta muhim tashabbus doirasida respublika bo‘yicha 107 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi foydalanishga topshirildi va 200 dan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi», – dedi vazir.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni joriy etishda raqamli infratuzilmani rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, yil davomida bu borada amalga oshirilgan ishlar sanab o‘tildi:

  • 1 mln.ta internet tarmog‘ida keng polosali ulanish portlari o‘rnatildi va ularning umumiy soni 3 mln.taga yetkazildi;
  • 32 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurildi;
  • 3 mingta tayanch stansiyalari keng polosali texnologiyalari asosida modernizatsiya qilindi;
  • 5 Petabayt sig‘imga teng Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi;
  • Mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga o‘tgan yil dekabr oyidan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobarga, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foizga arzonlashtirilishiga erishildi (1 Mbit/s internet narxi 40,0 ming so‘m).

Qolaversa, ijtimoiy soha ob’yektlariga, shu jumladan 8 095 ta xalq ta’limi, 5 440 ta maktabgacha ta’lim va 3 207 ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha jami 14 ming km optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, 5 641 ta mobil aloqa tayanch stansiyalari ishga tushirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring