Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 14 smartfonlari 7-sentyabrda taqdim etiladi — Bloomberg

iPhone 14 smartfonlari 7-sentyabrda taqdim etiladi — Bloomberg

Foto: NotebookCheck

Apple yangi turkum iPhone smartfonlarini 7-sentyabrda taqdim etishi mumkin. Bu haqda manbalarga asoslanib Bloomberg xabar berdi.

Shu kuni iPhone 14 smartfonlari, qolaversa, Mac yangi kompyuterlari, iPad planshetlari hamda Apple Watch aqlli soatlarining uchta yangi modeli taqdimoti o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bloomberg kompaniya flagmanlik mahsulotlarini soha uchun murakkab bir davrda yangilayotganiga e’tibor qaratdi. Hozir smartfonlar savdosi pasayishni boshlagan. Inflyasiya va barqaror bo‘lmagan iqtisodiy vaziyat shunga olib keldi. Biroq Apple kompaniyasi raqobatchilariga qaraganda vaziyatga yaxshiroq moslasha oldi.

Avvalroq iPhone 14 smartfonlari, Xitoyga qaramlikdan qutulish uchun, Hindistonda tayyorlanishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring