Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Is gazi qayerdan paydo bo‘ladi va undan zaharlanganda qanday yordam ko‘rsatish lozim?

Is gazi qayerdan paydo bo‘ladi va undan zaharlanganda qanday yordam ko‘rsatish lozim?

Foto: «Prohandmade»

Is gazi (CO) rangsiz, hidsiz, ko‘p uchraydigan zaharli birikma tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi, chala yonishi oqibatida vujudga keladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.

Is gazidan qator organik moddalar (aseton, metil spirt, fenol va boshqalar)ni sintez qilish uchun foydalaniladigan korxonalarda, avtoulovlar turar joylarida ventilatsiya yomon bo‘lganda, yangi bo‘yalgan shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida isinish uchun cho‘g‘ olovlari va boshqalardan foydalanganda yonish mahsulotining to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.

Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz kislorodga nisbatan 300 marotaba tez va ko‘proq gemoglabinga birikish xususiyatiga ega, shuning uchun juda mahkam birikma-karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglabinning to‘qimalarga kislarod tashish xususiyati juda pasayib, gipoksiyaga, og‘ir zaharlanganda anoksiyaga olib kelishi mumkin.

Is gazining tarkibida temir moddasi bo‘lib, u nafas olish fermentini parchalaydi. Bu o‘z o‘rnida, to‘qimalarning nafas olish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Is gazi bilan zaharlangan organizmda uglerod va oqsil almashinuvi buziladi, natijada, asidoz alomatlari yuzaga keladi. Bosh miyada bosimning oshishi kuzatiladi. Organizmga kislorod yetishmasligi oqibatida markaziy asab tizimi faoliyati buziladi. Shuningdek, tabiiy gazning xonada to‘planishi oqibatida yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin.

Is gazi bilan zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur, nafas olishi to‘xtab qolganda sun’iy nafas berish lozim. Bu tadbir bemor mustaqil nafas olgunga qadar yoki biologik o‘lim alomatlari paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Badanni ishqalash, oyoqlarga grelka qo‘yish, qisqa vaqt nashatir spirt bug‘larini hidlatish (nashatir spirti bemor burnidan kamida 1 sm uzoqlikda shimdirilgan paxta yoki marlida bo‘lishi shart, aks holda spirtning o‘tkir hidi bemorni paralich holatiga olib kelishi mumkin) zaharlanish oqibatlarini tugatishga imkon beradi. Zaharlanib qolgan kishilar zudlik bilan kasalxonaga olib borilishi kerak, chunki birmuncha keyinroq o‘pka va asab tizimida og‘ir asoratlar vujudga kelishi mumkin. Agar bemor hushida bo‘lsa, tananing yuqori qismini qisib turuvchi kiyimlardan bo‘shatiladi, issiq choy, qaxva ichiriladi. Har qanday is gazidan zaharlanish darajasida bemorlar shoshilinch holda reanimatsiya yoki toksikologiya bo‘limiga yotqiziladi. Kasalxonadan chiqqan bemorlar terapevt va nevropatolog kuzatuvida bo‘lishi shart, aks holda keyinchalik uning asoratlari yuzaga chiqishi mumkin.

FVV matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring