Ishdan olingan ikki o‘rinbosar tumanlarga hokim bo‘ldi
Qashqadaryo viloyat hokimining 2 nafar o‘rinbosari ham vazifasidan ozod etilgani xabar berilgandi.
Vazifasidan ozod etilgan ushbu o‘rinbosarlarga Prezident tomonidan so‘ngi imkoniyat berilgan. Bu haqda sessiyada ishtirok etgan Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ma’lum qilgan.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev Chiroqchi tumani hokimi, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov esa Mirishkor tumani hokimi lavozimlariga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda «to‘rtlik», jumladan hokim Zafar Ro‘ziyev ishdan olingani xabar qilingandi. Uning o‘rnini Zoyir Mirzayev egalladi.
Shuningdek, bir qator tumanlar hokimlari ham ishdan bo‘shatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter