Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada tabiatdagi yong‘inlarning oldini olish uchun echkilardan foydalanilmoqda

Ispaniyada tabiatdagi yong‘inlarning oldini olish uchun echkilardan foydalanilmoqda

Foto: Reuters

Ispaniyada echkilar yordamida tabiatdagi yong‘inlarga qarshi kurash boshlandi, deb yozmoqda Reuters.

Yong‘inning oldini olish uchun echkilar galasi o‘t-o‘lanlar qovjirab yotgan o‘rmon va to‘qaylarga haydab boriladi.

Echkilar yordamida tabiiy yong‘inlar xavfini kamaytirish bo‘yicha sayyor loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va u Mataro shahridan boshlandi. Qishloq xo‘jaligi uchun mas’ul mansabdor Xose Antonio Richisning aytishicha, tajriba muvaffaqiyatli chiqqan va u davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring