Isroil Eron xavfsizlik kengashi kotibi yo‘q qilinganini iddao qilmoqda
Isroil Eron hududiga bergan so‘nggi zarbada mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy asosiy nishonlardan biri bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda xalqaro va Isroil OAVlari manbalarga tayanib xabar beryapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba Larijoniy kelgan deb taxmin qilingan maxfiy kvartiraga berilgan. Ayrim xabarlarda u o‘sha joyda o‘g‘li bilan bo‘lgani ham aytilgan. Hozircha uning halok bo‘lgani yoki tirik qolgani rasman tasdiqlanmagan.
Biroq Isroil xavfsizlik tizimiga yaqin manbaga ko‘ra, bu hujumdan omon qolish imkoniyati deyarli bo‘lmagan.
Ali Larijoniy Eron siyosiy tizimida muhim shaxslardan biri hisoblanadi. U mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi hamda Eron yadro dasturining «arxitektori» sifatida qaraladi. 2000-yillarda AQSh bilan yadro muzokaralarini boshqargan, keyingi yillarda esa Eron–Xitoy yaqinlashuvida asosiy rol o‘ynagan.
Shuningdek, u marhum oliy rahbar Ali Homanaiyning yaqin ittifoqchilaridan biri bo‘lgan va mamlakatdagi ichki noroziliklarni bostirish hamda ehtimoliy urushga tayyorgarlik ishlarida ishtirok etgani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha Eron tomoni Larijoniyning taqdiri bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bilodirmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter