Isroil janubiy Livanda quruqlik amaliyotini boshladi
Isroil armiyasi janubiy Livanda «cheklangan va maqsadli» quruqlik amaliyoti boshlanganini ma’lum qildi. SAXAL bayonotiga ko‘ra, operatsiya janubiy Livandagi «Hizbulloh»ning tayanch nuqtalari va infratuzilmasiga qarshi qaratilgan.
SAXAL bayonotiga ko‘ra, bu harakatning maqsadi old mudofaa hududini kuchaytirish, terrorchi infratuzilmani yo‘q qilish, shu yerda faoliyat yuritayotgan jangarilarni yo‘qotish va Isroil shimolidagi aholi uchun qo‘shimcha xavfsizlik qatlamini yaratishdan iborat.
Bu keskinlashuv 2 mart kuni «Hizbulloh» tomonidan Isroilga raketa hujumi uyushtirilganidan keyin yanada kuchaygan. Keyin Isroil Livan hududiga kuchli avia va artilleriya zarbalarini berdi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, shu ortiqcha zarbalar ortidan Livanda yuz minglab odamlar ko‘chishga majbur bo‘lgan va qurbonlar soni keskin oshgan.
SAHAL «Hizbulloh»ni Eron qo‘llovida urushga qo‘shilgan tashkilot deb atab, Isroil tinch aholisiga tahdidga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter