Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Madrimov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘ladi

Isroil Madrimov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘ladi

Foto: «Championat.asia»

Yana salkam bir oydan keyin Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlari boshlanadi.

Kecha, 16-iyul kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur nufuzli musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyamiz bayrog‘ini kim ko‘tarishi e’lon qilindi. Bunday sharafga boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Isroil Madrimov sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida mashhur dzyudochimiz Rishod Sobirov O‘zbekiston bayroqdori bo‘lgandi. O‘shan o‘yinlarda Isroil Madrimov finalgacha yetib borgan va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring