Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi raketa hujumlarida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – Elchixona

Isroildagi raketa hujumlarida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – Elchixona

2026-yil 4-mart holatiga ko‘ra, Isroil Davlati hududiga amalga oshirilgan raketa hujumlari natijasida jabr ko‘rgan O‘zbekiston fuqarolari haqida O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasiga murojaatlar kelib tushmagan.

Bu haqda diplomatik idora matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rasmiy axborotda aytilishicha, Elchixona vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Elchixona xodimlari Isroilning tegishli davlat organlari vakillari bilan doimiy aloqada.

Shuningdek, xabarda 28-fevraldan buyon Elchixonaning «Ishonch telefoni» hamda elektron pochtasiga Isroil hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan turli konsullik masalalari va ma’lumot olish yuzasidan qo‘ng‘iroq va murojaatlar kelib tushgani qo‘shimcha qilinadi.

O‘z navbatida, Isroildagi vatandoshlarga xavfsizlik vaziyati keskinlashganini inobatga olib, Elchixona konsullik bo‘limiga jiddiy va zarur ehtiyoj bo‘lmagan hollarda kelishdan tiyilib turish tavsiya qilinmoqda.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring