Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbul: tarix, madaniyat va pazandalik...

Istanbul: tarix, madaniyat va pazandalik...

Turkiyada ta’til o‘tkazish sayohatdan tashqari rang-barang va boy tajribalarga ega bo‘lish hamdir. Mamlakat yakka turdagi sayohat va tur paketlar uchun O‘rta yer dengizidagi eng xilma-xil tajribalarni, shuningdek, mamlakatning betakror manzillaridan unutilmas sarguzashtlarni taqdim etadi. Istanbulning jonli hayotidan tortib, Egey va O‘rta yer dengizining quyosh nurlariga burkangan qirg‘oqlarigacha har bir turk manzili sayyohlarga «dunyoga mashhur turk mehmondo‘stligi»ni taklif etadi.

Antaliya: tengsiz takliflari bilan bamisli «Jannat»

Turk Riviyerasi nafaqat Turkiyaning ajoyib go‘zalligi bilan tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qiladigan eng yaxshi yozgi manzili, balki eng betakror dengizi va Moviy bayroqli plyajlari bilan ko‘pchilikning sevimli ta’til maziliga ham aylanib ulgurgan. Turk Riviyerasi «poytaxti» hisoblanmish Antaliya esa eng hayajonli manzaralari, mazali dengiz taomlari, sarguzashtlarga boy qadamjolari, kunu tun ishlovchi muzeylari va trekking marshrutlaridan suv sportigacha bo‘lgan qiziqarli faoliyatlari bilan barcha sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Bu xilma-xillikni hisobga olsak, Antaliya har yili millionlab sayyohlarni qabul qilishi ajablanarli emas.

Shahardagi oilaviy mehmonxonalarda, moviy bayroqli plyajlarda dam olish mumkin, bolalar esa o‘yin maydonchalari, basseynlar va bolalar klublarida vaqtni maroqli o‘tkazishadi. Bundan tashqari, Olympos kabi qadimiy shaharlarda arxeologik ekspeditsiyaga borish, Likiya yo‘li bo‘ylab yurish, Kashdagi halokatga uchragan kemalarning qoldiqlarini va sehrli fauna orasidagi suv osti dunyosini o‘rganish, Belekdagi golf kurortlaridan bahramand bo‘lish hamda Aspendos antik teatrida madaniy shou tomosha qilish – bu kishilarga unutilmas lahzalarni taqdim qiladi.

Ko‘prulu daryosida hayajonli rafting tajribasi esa shaharning misli ko‘rilmagan, haqiqiy tajribalaridan biridir.

Mug‘laning abadiy boshpanalari va Bodrumning ramziy jozibasi

Turkiyaning eng uzun qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lgan Mug‘lada Fethiye, Marmaris, Datcha, Go‘jek va O‘lideniz kabi Turkiyaning eng mashhur dam olish maskanlari joylashgan. Zilol suvlari bo‘lgan go‘zal qirg‘oqda joylashgan ushbu shaharchalarda turli xil sayohatlar uchun barcha tajribalar mavjud: ko‘k va yashil landshaftlar, antik shaharlar, maftunkor artefaktlar, toza havo, firuza suvlari va qo‘l tegmagan ko‘rfazlar.

Diqqatga sazovor kurort shahar Bodrum esa dam olish maskani bo‘lish bilan birga sayyohlarning hayajonni boshdan kechirishlari uchun ideal manzil hamdir. Bodrum shu qadar ajoyib joyki, hatto bu yerda dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri bo‘lgan qadimgi Galikarnas maqbarasi joylashgan. Bodrum suvlarining betakror moviy rangi Egey dengizining boshqa hech bir joyida uchramaydi, har bir quyosh botishi unutilmasdir. Biroq, bu yerda kutilayotgan ajoyibotlar bu bilan cheklanmaydi. Hashamatli plyaj klublari, zamonaviy marinalar, Mishel yulduzli gurme restoranlari yoki dam olish maskanlarining qulay muhiti, shular jumlasidan.

Istanbul: Tarix, madaniyat va pazandalik mukammalligi mozaikasi

Yevropa Osiyo bilan uchrashadigan, tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan Turkiyaning metropolisi Istanbul dunyoning sayyohlik shaharlari orasida o‘ziga xos o‘rinni aks ettiradi.

Shahar Aya Sofya, Galata minorasi, Yerebatan sardoni va bu kabi tarixiy joylar, me’moriy mo‘’jizalari bilan ushbu manzillarning o‘ziga xosligini eslatib turadi. Istanbul bilan chuquroq tanishilar ekan, inson o‘zini dunyodagi eng qadimiy shaharlardan birida sayr qilayotgandek his qiladi. Qolaversa, shaharning gavjum bozorlari, zamonaviy savdo majmualari, tobora kengayib borayotgan san’at va madaniyat sahnasi, jonli mahallalar o‘ziga xos zavq bag‘ishlaydi.

Mishel yulduzli restoranlardagi nafis oshpaz stollaridan tortib, eng oddiy, lekin eng mazali ko‘cha taomlarigacha Istanbulni dunyodagi eng yaxshi gastronomik shaharlaridan biri sifatida taqdim etaveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring