Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol ko‘chada pichoqlab ketildi

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol ko‘chada pichoqlab ketildi

Istanbulning Umraniya tumanida 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ko‘chada pichoqlab ketildi.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, 1992-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik Nigina Sattarovaning bo‘yin qismiga noma’lum shaxs tomonidan pichoq bilan jarohat yetkazilgan. Tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib borganda ayol allaqachon vafot etgan bo‘lgan.

Jinoyatdan so‘ng hujumchi hodisa joyidan qochib ketgan. Politsiya kuchlari atrofda keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazib, gumonlanuvchini qidirgan va qotilni qo‘lga olib shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Tergov jarayonida marhumaning sobiq turmush o‘rtog‘i, 42 yoshli Umet S. hamda 15 yoshli yana bir shaxs qo‘lga olindi.

Hodisa yuzasidan dastlabki so‘roqda gumonlanuvchi jinoyatni «rashk tufayli» sodir etganini aytgan.

Hozirda ikki gumonlanuvchi Istanbul politsiyasining Asayish boshqarmasiga olib kelingan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring