Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyalik modeler Valentino Garavani 93 yoshida vafot etdi

Italiyalik modeler Valentino Garavani 93 yoshida vafot etdi

Foto: AP Photo

Italiyalik taniqli modeler Valentino Garavani (Valentino modalar uyi asoschisi) 93 yoshida vafot etdi.

Valentino Garavani 1932-yilda Italiyaning Lombardiya viloyatidagi Vogera shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan rasm chizishga qiziqqan Valentino modalar bo‘yicha dizayner bo‘lish istagida Milandagi san’at akademiyasiga o‘qishga kirgan. 17 yoshida u Parijga yo‘l olib, tahsilni davom ettirdi. 1960-yilda Italiyaga qaytib keldi va Valentino modalar uyiga asos soldi. Keyinchalik biznesdagi sherigi Jankarlo Jiammetti bilan birgalikda Yevropa, AQSh va Yaponiyada sho‘balar ochib, Valentino xalqaro brendini rivojlantirdi. Jaklin Kennedi, Elizabet Teylor va malika Margaret kabi taniqli shaxslar Garavanining mijozlari bo‘lgan.

Valentino Garavani 2007-sentyabrida so‘nggi namoyishidan so‘ng modalar olamidagi yarim asrlik faoliyatiga nuqta qo‘yishni ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring