Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon boksi yulduzlari Toshkentda, G‘ofur Rahimov va Ramatov taqdirlandi (foto)

Jahon boksi yulduzlari Toshkentda, G‘ofur Rahimov va Ramatov taqdirlandi (foto)

Poytaxtimiz Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning 61-konvensiyasiga mezbonlik qilmoqda.

Konvensiyaning tantanali ochilish marosimbda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda mamlakat professional boks federatsiyasi vasiylik kengashi raisi Qudratilla Rafiqov, federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari G‘ofur Rahimov, WBC prezidenti Maurisio Suleyman va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi.

G‘ofur Rahimov WBC oliy ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilindi. 

Tadbirda WBC prezidenti O.Ramatov va G‘.Rahimovga uzoq yillik hamkorlik hamda mazkur konvensiyani yuqori saviyada tashkil etishdagi yordami uchun tashkilotning esdalik sovg‘alarini taqdim qildi. Shuningdek, o‘zbek boksi yulduzlariga ham maxsus medallar topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring