Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon chempioni bir umrga qamalishi mumkin

Jahon chempioni bir umrga qamalishi mumkin

Foto: Associated Press

Buyuk Britaniyada «Manchester Siti» futbolchisi Benjamen Mendi ishi bo‘yicha eshituvlar davom etmoqda.

Benjamen Mendi olti nafar qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda. Barchasi rost bo‘lsa, futbolchi bir umrga qamaladi.

Marca yozishicha, 28 yoshli jahon chempioni (Fransiya terma jamoasi tarkibida) 5 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Buyog‘i ayblovchi tomon nomusga tegish bo‘yicha nechta holatni isbotlay olishiga bog‘liq...

Mendi shu tobgacha bironta ayblovga iqror bo‘lgan emas. Uning sudi 2023-yilning 24 yanvarida bo‘lib o‘tadi, futbolchi avgust oyidan hibsda saqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring