Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun test sinovlari 8-12 oktyabr kunlari o‘tkaziladi

Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun test sinovlari 8-12 oktyabr kunlari o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada shartnoma asosida mehnat qilib, qaytgan va takroriy borish istagidagi fuqarolar uchun 8-12 oktyabr kunlari test sinovlari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Xorijda qonuniy yo‘l bilan ishlash uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va uning joylardagi byurosiga murojaat qilish kerak. Ulardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Koreyaga bir yarim ming nafar, Rossiyaga yetti yuzdan ko‘proq, Turkiyaga uch yuzga yaqin, Polshaga besh nafar yurtdoshimiz qonuniy yo‘l bilan yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koreyaga belgilangan kvota uch ming yuzta bo‘lib, qolgan nomzodlar ish beruvchining tanlovini kutib turibdi. Shuningdek, Latviya bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelgusi yildan boshlab mavsumiy ishlarda ishlash uchun yurtdoshlarimiz jalb etiladi.

Xorijda ishlash uchun borish istagini bildirgan fuqarolarga «O‘zbekiston temir yo‘llari», «O‘zbekiston havo yo‘llari» chiptalariga chegirmalar, shuningdek, chipta xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun bir yilda bir marotaba 300 ming so‘m miqdoridagi beg‘araz to‘lov taqdim etilmoqda.

Joriy yilning 2 aprelidan 27 sentyabr sanasiga qadar 300 ming so‘m miqdoridagi beg‘araz ko‘makni 26 ming 200 nafar yurtdoshimiz «Aloqabank» orqali olishga erishdi. Bundan tashqari, mehnat migrantlari transport va boshqa xarajatlari uchun «Ipotekabank» orqali 1000 dollargacha kredit olishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya, Polsha, Janubiy Koreya kabi davlatlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ular xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarimizga zarur sharoitlar yaratishga ko‘maklashmoqda. Yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan mintaqaviy byurolarda xorijga ketuvchi fuqarolar o‘qitilib, ularga huquqiy maslahatlar berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring