Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Japarov prezident vakolatlari o‘ziga o‘tganini e’lon qildi. Endi nima bo‘ladi?

Japarov prezident vakolatlari o‘ziga o‘tganini e’lon qildi. Endi nima bo‘ladi?

Foto:«Kabar.kg»

Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov prezident vakolatlari o‘ziga o‘tganini e’lon qildi. Bu haqda u Hukumat uyi yaqinida namoyishchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

«Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. Jokorgu Kenesh spikeri Kanat Isayev prezident vazifasini bajarishdan bosh tortdi va u ham ariza yozdi. Prezident va bosh vazirning vakolatlari to‘liq menga o‘tdi», - dedi Japarov.

Aslida Sooranboy Jeenbekov iste’fosidan so‘ng Qirg‘iziston prezidentining vakolatlari ushbu mamlakat parlementi (Jokorgu Kenesh) raisi Kanat Isayevga o‘tishi lozim edi. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistondagi parlament saylovi natijalari sabab boshlangan voqealar ko‘p narsalarni o‘zgartirib yubordi. Qamoqda bo‘lib turgan Japarov bosh vazirlikni egallagan bo‘lsa, prezident Jeenbekov «jamiyat tinchligi va mamlakat birligi uchun» iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Endilikda Jo‘qorg‘i Kenges Sadir Japarovni vaqtinchalik davlat rahbarligiga tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqishi lozim bo‘ladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring