Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jartepa» chegara bojxona postida cheklov o‘rnatildi

«Jartepa» chegara bojxona postida cheklov o‘rnatildi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqanddagi «Jartepa» chegara bojxona postida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi.

Qayd etilishicha, ushbu chegara bojxona postida joylashgan binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli 2022-yilning 5-12-noyabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tadbiq etilmaydi:

  • diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
  • rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
  • respublikamizda investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
  • xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
  • mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
  • Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga;
  • o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
  • Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring