Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jazirama issiqning smartfonga zarari qanday?

Jazirama issiqning smartfonga zarari qanday?

Foto: «Iiiphone.ru

Uzoq vaqt quyosh nurlarining tushishi va havoning yuqori harorati smartfon va boshqa qurilmalarning akkumulyatorini ishdan chiqarishi mumkin. Plexanov nomidagi REU (Rossiya iqtisodiyot universiteti) sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar va biznes-tahlil laboratoriyasi xodimi Vitaliy Krasikov «Praym» agentligiga bergan intervyusida shunga urg‘u berdi.

Ekspertning aytishicha, smartfonlarni ishlatish uchun tavsiya qilinadigan havo harorati +25 ℃ atrofida. Bundan yuqori harorat hamda quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomli tushishi har qanday elektron qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.

Zamonaviy smartfonlar protsessor haroratini nazorat qiluvchi tizimlar bilan ta’minlangani bois, qizib ketganida avtomatik tarzda o‘chishi kerak, ta’kidladi Krasikov.

«Ammo buning tagiga yetish uchun smartfoningizda «yuqori haroratli» sinovlar o‘tkazib yurmang!», — ogohlantirdi u.

Hozir yozgi dam olish mavsumi avjida. Smartfonni suv va qumdan ehtiyot qiling. Smartfon suv bilan chiqishmasligini hammamiz bilamiz, ammo uni qaynoq qumda qoldirish bundan-da xavfli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring