Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jazo faqat jarima bilan cheklanishi kerakmas»

«Jazo faqat jarima bilan cheklanishi kerakmas»

Deputat Rasul Kusherbayev o‘z telegram-kanalida yozishicha, fojiaviy «avariya»lar davom etayotganiga asosiy sabab — yo‘l qoidalariga rioya etmaslik va bu qoidalarga hayot-mamot masalasi sifatida qaralmayotganidir.

«Kuni kecha haydovchi va u tug‘uruqxonadan olib kelayotgan uch kunlik chaqaloq YTH natijasida halok bo‘ldi.

Undan biroz avval esa BMW mashinasi bilan bog‘liq YTH ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Bunday fojiaviy «avariya»larning davom etayotgani sabablari haqida ko‘p gapirish mumkin. Biroq asosiy sabab yo‘l qoidalariga rioya etmaslik va bu qoidalarga hayot-mamot masalasi sifatida qaralmayotganida.

Hamkasbimiz Odiljon aka avariya holatiga sabab bo‘ladiganlarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo chorasini kuchaytirish kerakligini ta’kidlamoqda

Men ham bunga qo‘shilaman. Va qo‘shimcha ravishda yo‘l harakati qoidalarining YTH keltirib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qismlari bo‘yicha jazoni faqat jarimadan iborat qilib qoldirmay, balki jazoni ma’lum davrga qamoq jazosi tayinlashga qadar olib chiqish kerak, degan fikrdaman.

Masalan, mast holda avtomobilni boshqarish, belgilangan tezlikni katta miqdorda oshirish, piyodaga yo‘l bermaslik, qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilish, svetofor buyrug‘iga rioya etmaslik kabi holatlar uchun avtomatik ravishda 15 sutkadan 30 sutkaga qadar qamoq jazosi tayinlash masalasini ham ko‘rib chiqsa bo‘ladi».

«Bu o‘pkasini bosolmay, odamlarni o‘ldiradigan «zo‘r»larning ko‘zi ochilishiga yordam beradi va profilaktikani kuchaytiradi», — dedi deputat so‘zining yakunida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring