Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018: eng qo‘li ochiq muxlislar, eng ko‘p pul ishlayotgan shaharlar

JCh-2018: eng qo‘li ochiq muxlislar, eng ko‘p pul ishlayotgan shaharlar

Foto: «sport.tsargrad.tv»

Jahon chempionatiga kelgan muxlislar, sayyohlar qancha pul sarflashayotgani ularning «Visa» kartalariga qarab hisoblab chiqildi. Bunda chempionatning dastlabki kunlari — 14-iyundan 18-iyungacha bo‘lgan kunlar hisobga olindi, deb xabar bermoqda «Life.ru».

Xorijlik futbol muxlislari turnirning dastlabki besh kunida o‘rtacha 3,5 ming rubldan sarflashgan. Moskva shahrida sayyohlar 1,7 mlrd rubl ishlatishgan. Bu haqda «RBK» portali «Visa» kompaniyasi matbuot xizmati ma’lumotlari asosida xabar bergan.

Pul ishlash bo‘yicha chempionatni qabul qilayotgan shaharlar o‘rtasida Sankt-Peterburg ikkinchi o‘rinni egalladi (506 mln. rubl), uchinchi o‘rinda Sochi (104 mln. rubl), shuningdek, Qozon va Yekaterinburg ham yetakchilar qatorida.

Hammadan ko‘p amerikalik sayyohlar pul sarflashyapti. Ikkinchi o‘rinda xitoyliklar, uchinchi o‘rinda esa meksikaliklar.  Eng kamxarj sayyohlar — Tonga qirolligidan kelgan mehmonlar.

Xarajatlar asosan mehmonxonalar, kiyim-kechak va restoranlarga ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring